Learn practical skills, build real-world projects, and advance your career

Imgur

Data Science va Sun'iy Intellekt Praktikum

3-MODUL. MA’LUMOTLARGA ISHLOV BERISH

3.1 Fayllar bilan ishlash

import pandas as pd

Fayllarni o'qish

pandas kutubxonasi fayllar bilan ishlaydigan bir nechta funksiyalardan iborat.

read_csv - vergul bilan ajratilgan jadval fayllarni o'qish uchun

read_table - probel (bo'sh joy) bilan ajratilgan jadval fayllarni o'qish uchun

read_excel - xls yoki xlsx formatidagi Excel fayllarni o'qish uchun

read_clipboard - ko'chirilgan (xotiradagi) jadvalni o'qish

read_hdf - HDF5 formatidagi fayllarni o'qish

read_html - HTML (web) sahifadagi barcha jadvallarni o'qish

read_json - JSON ma'lumotlarni o'qish

read_pickle - pickle formatidagi fayllarni o'qish

read_sql - SQL query dan qaytgan ma'lumotlarni o'qish (SQLAlchemy bilan ishlayd)

Yuqoridagi funksiyalarning deyarlari barchasining ishlashi juda o'xshash, muhimi, to'g'ri formatdagi faylni ko'rsatish va turli qo'shimcha parametrlardan foydalangan xolda jadvalni to'g'ri yaratib olish.