Learn practical skills, build real-world projects, and advance your career

Imgur

Data Science va Sun'iy Intellekt Praktikum

3-MODUL. MA’LUMOTLARGA ISHLOV BERISH

3.1 Fayllar bilan ishlash

Ma'lumotlar ombori bilan ishlash

Maʼlumotlar ombori (MO) bu – maʼlumotlarni saqlash, oʻqish, qayta ishlash va qidirish uchun moʻljallangan markaziy maʼlumotlar ombori. Turli dasturlar yaratar ekanmiz, dastur ishlashiga oid boʻlgan maʼlumotlarni u yoki bu koʻrinishda saqlashimiz kerak. Misol uchun dastur foydalanuvchilari va ularning shaxsiy maʼlumotlari, rasmlari, postlar, mahsulotlar va hokazo.

Bu maʼlumotlarni qay koʻrinishda saqlash, turli maʼlumotlar oʻrtasidagi munosabatlar (foydalanuvchi-post, mijoz-mahsulot), bu maʼlumotlarga murojaat qilish va unumli foydalanish uchun MOni toʻgʻri loyihalash juda muhim ahamiyatga ega.

Bugungi kunda maʼlumotlar bazasini boshqarish uchun turli tizimlar mavjud. Bulardan eng mashhurlari: MySQL, Oracle DB, PostgreSQL, MongoDB, SQLite Microsoft SQL server, IBM DB2.

Ma'lumotlar omborida ma'lumotlar jadvallar ko'rinishida saqlanadi. Jadvallar u yoki bu ko'rinishda bir-biriga bog'langan bo'lishi mumkin:

alt

Batafsil...

SQL tili

Ushbu darsimizda biz eng ken tarqalgan SQL (Structured Query Language) tili yordamida ma'lumotlar ombori bilan ishlashni o'rganamiz.

Bu til yordamida MySQL, PostgreSQL, Sqlite kabi omborlar bilan ishlash mumkin.

SQLning asosiy buyruqlari

  • SELECT - MOdan ma'lumot olish
  • UPDATE - MOdagi ma'lumotlarni yangilash
  • DELETE - MOdan ma'lumot o'chirish
  • INSERT INTO - MOga yangi ma'lumot qo'shish
  • CREATE DATABASE - Yangi MO yaratish
  • ALTER DATABASE - MOni o'zgartirish
  • CREATE TABLE - Yangi jadval yaratish
  • ALTER TABLE - Jadvalni o'zgartirish
  • DROP TABLE - Jadvalni o'chirish
  • CREATE INDEX - Indeks yaratish
  • DROP INDEX - Indeks o'chirish

*SQL buyruqlari katta (SELECT) yoki kichik (select) yoki aralash (Select) harf bilan yozilishi mumkin

Ushbu darsimizda biz Python bilan birga o'rnatiluvchi, faylli ma'lumotlar ombori Sqlite dan foydalanamiz. SQL buyruqlar barcha SQL turdagi omborlar uchun bir xil bo'lgani sabab, amaliyot uchun aynan qaysi turdagi ombordan foydalanish ahamiyatsiz.

Agar sizning kompyuteringizda PostgreSQL ombori o'tnatilgan bo'lsa, quyida biz PostgreSQL omboriga ulanishni ko'rsatib o'tganmiz.

  1. PostgreSQL bilan ishlash uchun psycopg2 kutubxonasini o'rnatamiz
# !pip install psycopg2-binary
# import psycopg2 as psql
  1. PostgreSQL ga ulanish
# pdb = psql.connect(
#     host = "localhost",
#     database = "postgres",
#     user = "postgres",
#     password = "PAROLINGIZ"
# )
# cursor = pdb.cursor()
# cursor.execute("SELECT version()")
# print(cursor.fetchone())
('PostgreSQL 14.0, compiled by Visual C++ build 1914, 64-bit',)