Learn practical skills, build real-world projects, and advance your career

Imgur

Data Science va Sun'iy Intellekt Praktikum

3-MODUL. MA’LUMOTLARGA ISHLOV BERISH

3.2 Ma'lumotlarni tozalash va tayyorlash

Ma'lumotlarni o'zgartirish

import pandas as pd

Takrorlangan qatorlarni o'chirish.

Turli sabablarga ko'ra jadvalimizda ba'zi qatorlar takrorlanishi mumkin, bunday qatorlarni o'chirib tashlash tavsiya qilinadi.

df = pd.read_csv('https://raw.githubusercontent.com/anvarnarz/praktikum_datasets/main/world_population_duplicates.csv')
df.head()

Avval qator takroriy ekanini tekshirish uchun .duplicated() metodiga muorjaat qilamiz. Bunday takroriy qatorlar True, takrorlanmagan qatorlar False qiymatinin qaytaradi.