Learn practical skills, build real-world projects, and advance your career
Created 2 years ago
Data Science va Sun'iy Intellekt Praktikum
3-MODUL. MA’LUMOTLARGA ISHLOV BERISH
3.2 Ma'lumotlarni tozalash va tayyorlash
Ma'lumotlarni to'ldirish
Agar imkoni bo'lsa mavjud bo'lmagan qiymatlarni to'ldirish tavsiya qilinadi. Buning uchun .fillna()
metodiga murojaat qilamiz.
import pandas as pd
import numpy as np
df = pd.read_csv("https://github.com/anvarnarz/praktikum_datasets/raw/main/automobile_data_nan.csv", index_col=0)
df.head()
1-usul. Barcha NaN
larga standart qiymat berish
Bu (va boshqa) usuldan ko'r-ko'rona emas, mantiqan to'g'ri kelgandagina foydalaniladi. Avvalgi darsimizdagi misolga qaytadigan bo'lsak, turmush qurmagan odamning nikohdan o'tgan sanasi bo'lmagan vaqtda, bunday qiymatlarni 0 bilan to'ldirib ketish mumkin.
Xato ma'lumotlar bilan to'ldirilgan jadval kelgusida Sun'iy Intellekt dasturingizning xato ishlashiga sabab bo'ladi.
Quyidagi misolda barcha NaN
qiymatlarni 0 bilan almashtiramiz (garchi bunday qilish tavsiya qilinmasada).