Learn practical skills, build real-world projects, and advance your career

Imgur

Data Science va Sun'iy Intellekt Praktikum

3-MODUL. MA’LUMOTLARGA ISHLOV BERISH

3.2 Ma'lumotlarni tozalash va tayyorlash

Sanalar bilan ishlash

import pandas as pd
import numpy as np

Pythonda sanalar bilan ishlash uchun maxsus datetime kutubxonasi mavjud.

import datetime as dt

Biz bu kutubxona bilan Dasturlash asoslari kursimizda batafsil gaplashganimiz sababi ushbu darsimizda bevosita jadvallar va ulardagi sanalarni to'g'ri o'qishni o'rganamiz.

Keling darsimiz uchun kerakli ma'lumotlarni yuklab olamiz. Quyidagi jadvalda 1965-2016 yillar oralig'idagi zilzilalar haqida ma'lumotlar jamlangan.