Learn practical skills, build real-world projects, and advance your career

Imgur

Data Science va Sun'iy Intellekt Praktikum

4-MODUL. VIZUALIZASIYA

4.1 Chiziqli grafiklar. matplotlib paketi.

import pandas as pd
import numpy as np

Data Science muhandisi uchun ma'lumotlarni grafik ko'rinishida taqdim qila bilish muhim ko'nikmalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, oddiy odamlar (buyurtmachi, rahbar, hamkasblar) uchun sonlar va jadvallardan ko'ra grafiklarni tushunish osonroq kechadi.

Muhandis sifatida, ba'zida o'zimiz uchun ham grafiklardan qo'shimcha ma'lumotlar olishimiz mumkin. Grafiklar nafaqat ma'lumotlarga ishlov berish balki yakuniy natijalarni taqdim qilishda ham faol ishlatiladi.

Pythonda grafiklar bilan ishlash uchun eng mashhur kutubxonalar bu matplotlib va u asosida qurilgan seaborn kutubxonalaridir.

Ushbu darsimizda matplotlib bilan tanishamiz.

import matplotlib.pyplot as plt
%matplotlib inline

Keling boshlanishiga juda sodda misol kor'amiz. Quyida biz 0 dan 9 gacha sonlarni yaratib olamiz va to'g'ri chiziq chizamiz: